ధర్మప్రచారకుల నియమాలు

వ్యాసాలు విషయపు వివరణ
పేరు: ధర్మప్రచారకుల నియమాలు
భాష: ఉజ్బెక్
రచయిత: అబూ ముహమ్మద్
చేర్చబడిన తేదీ: 2007-09-24
షార్ట్ లింకు: http://IslamHouse.com/55023
క్రింది విభజన ప్రకారం ఇది విషయపరంగా వర్గీకరించబడని వాటిని సంబోధిస్తున్నది
వివరణాత్మక వర్ణన

Ислом Нури

Маколалар

 

  "Salaf solih da`vat uslubining belgilari" silsilasi (4)

Da`vatchining qoidalari

 Muallif  Abu Muhammad

Tarjimon   Abu Ja'far al Buxoriy

Bismillahir rohmanir rohiym

     Barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga hamdlar, payg`anbarimiz, uning oilasi, sahobalari va qiyomat kuniga qadar ularni sevgan kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

    Alloh yo`liga da`vat e`tish amallarning e`ng sharaflisi va ibodatlarning e`ng buyugidir. Chunki, u payg`ambarlarning xos vazifalari, Allohning do`stlari va sara bandalarining e`ng muhim ishlari bo`lgan. Alloh yo`liga da`vat e`tuvchilar - zimmalariga katta yuk va mas`uliyatni olgan hamda maqomi yuksak kishilardir. Alloh ta`olo dedi: "Alloh yo`liga da`vat e`tgan, solih amallarni qilgan va: "Men musulmonlardan biriman" degan kishidan ko`ra chiroyli so`zli kimsa bormi?".

    Alloh yo`liga da`vat e`tuvchilar - Ummatning toza va sara kishilaridir. Chunki, bu vazifa ulardan barcha ishlarida odamlar uchun namuna va etakchi bo`lishni taqozo e`tadi. Da`vatchilar o`zlari yashayotgan jamiyat ichida namuna bo`lishlari, hayotlarida odamlarni da`vat e`tishayotgan dinning g`oya va asarlari ko`rinishi kerak. Shuning uchun ham, Alloh ta`olo Islom Ummatiga o`z ichidan Allohning diniga da`vat e`tadigan bir guruhni tayyorlashni farz qildi. Tayyorlash e`sa oson ish e`mas. Balki, u tinimsiz fidoiylik va imkoniyatlarga muhtojdir. Shuning uchun ham, bu vazifani ado e`tadigan kishilarni tanlash va tekshirib ko`rish kerak. Afsuski, hozirgi kunlarda da`vatga da`vatchilar kabi mansub bo`lgan, biroq, foyda berishdan ko`ra zarari ko`proq bo`lgan shaxslar paydo bo`ldilar. Buning sababi, ularni Allohga da`vat e`tuvchi haqiqiy da`vatchi qilib  etishtirishdagi kamchiliklarga borib taqaladi.

     Islom ushbu kunda payg`ambarlarning Alloh yo`liga da`vat e`tishgan da`vat uslublarini tushungan, Islomni ochiq va mukammal suratda yoyadigan, bu ishda tirishadigan, Islomni o`zlarining asosiy maqsadlari qilib oladigan, e`ng muhimi, qilgan da`vatlari bilan Allohga yaqinlikni nazarda tutadigan da`vatchilarga muhtojdir.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarga odamlarga da`vatni qanday etkazishni o`rgatdilar. U zotning hayot tarzlarida bizlar uchun ko`p o`rnaklar bor. demak, bizlar, da`vatchi o`laroq, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo`liga e`rgashishimiz, bog`lanishimiz va unda matonat bilan turishimiz kerak. Shubhasiz, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotida Allohning diniga da`vat e`tish hamda Er yuzida Islomni barpo qiladigan uslubning ochiq bayonlari borki, u, odamlar keyingi davrlarda paydo qilgan va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo`liga zid bid`at yo`llarga bizda e`htiyoj tug`dirmaydi.

      Darhaqiqat, Olam bugungi kunda, birinchi bobolari kabi Er yuzini da`vat nurlari bilan yoritadigan Rasululloh sollalohu alayhi va salalmning o`rinbosarlari - xolis da`vatchilarni kutmoqda. Alloh ta`olo bizning asrimizda Islom da`vatini dunyoning barcha o`lkalariga etishi va yoyilishiga nasib e`tdi. Dunyoning barcha davlatlarida islomiy uyg`onish shabbodalari e`smoqda. Da`vat jamiyatning barcha tarmoqlariga kirib bormoqda. Da`vat rasmiy maqomlardagi muallimlar kabi davlat xodimlarigagina cheklanishdan chiqdi, Balki, da'vatda e`rkak, xotin-qiz, mutaxassis, katta va kichiklarning barchasi ishtirok e`tmoqda. Bularning barchasi yaxshilik darakchisi hamda mu`minning yongan yuragini sovutuvchi hodisalardan biridir.     Biroq, islomiy da`vat e`rishgan ushbu taraqqiyot musibatlar, ichki va tashqi salbiy narsalardan xoliy bo`lmadi. Biz quyida ularning bir nechasini bayon qilmoqchimiz.

    * Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sunnatlari va da`vat uslublarini bilgan murabbiy va yo`llovchilarning ozligi hamda Islom diniga qiziqishning haddan ziyod ortishi. Bu tezroq tuzalishi kerak bo`lgan hastalikdir.

    * Da`vatchini davrning yangi va xilma-xil e`htiyojlariga mos darajada, xususan, o`rgatish va odatlantirishga tayyorlaydigan dasturlardagi kamchiliklar.

    * Tarbiya berish yoshining kattaligi. Chunki, da`vatchi shakllanish davrining ilk kunlaridanoq tarbiyalanishi kerak. Toki, o`rgangan narsalarni berish kechikmasin va da`vatchi o`z tajribalaridan foydalansin.

    * Islomiy da`vatga qarshi kuchlar. Bu kuchlar katta imkoniyatlarga e`ga va Allohning yo`lidan to`sishda katta tajribasi bo`lgan kuchlardir. Kofir millatlar bir-birlariga nisbatan qanchalar ixtilofda bo`lmasinlar, Islom dini va musulmonlarga qarshi kurashda doimo hamkordirlar.

    * Hayotning jozibasi, fitnalari, muammolari va ishlari da`vat va da`vatchilar oldida to`siq bo`lib qolmoqda. Da`vatchilar inson nafsi, inson nafsiga ta`sir e`tish, uning darichalari va uni tozalash yo`llarini bilishlari kerak.

    * Islom diniga qarshi bo`lgan fikriy oqimlarning paydo bo`lishi va ularning moddiy narsalar hamda ommaviy axborot vositalariga e`ga bo`lishlari va odamlarning ular bilan chalg`ishlari.

    * Islomiy tadqiqotlar. Tabiiyki, islomiy tadqiqotlarning ijobiy tomonlari bo`lsada, biroq, uning salbiy tomonlari ham bor. Ulardan biri ba`zi narsalarni Allohning Kitobi, sunnat, ijmo` va shariat maqsadlarini o`rganishda salaf tushunchalariga bog`lanmaslikdir. Nafs-havo, siyosiy, ijtimoiy va guruhbozlik bosqichlarining kirirb kelishi hamda juz`iy tahlillar ham biz aytgan to`siqlardandir. Bularning barchasi umuman jamiyatga, xususan e`sa da`vatchilarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Yoshlarni o`z tushunchalari va olgan bilimlaridan shubhalantirish, yetuk bo`lmagan hamda mantiqsiz bahs va haroratni vujudga keltirish, raddiyalar nafratlanishlar ushbu salbiy ta`sirlar jumlasidandir... Buning oqibatida yoshlarning g`oyaviy dushmanlari yetmagandek, guruhbozlik va taassub (o`jarlik) paydo bo`ldi.

    Bu va bundan boshqa yuklar, da`vatni, shaxsiy va hissiyotlar maydonidan reja, dastur, qoidaga bog`lanish maydoniga olib chiqishimizda, biz da`vatchilarga, o`z og`irligini ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham, biz ushbu risolani islomiy jamoatlarning barcha da`vatchilariga yo`llaymiz va ularni Ummatni yangitdan oyoqqa turishi va o`zining avvalgi holatiga qaytishi uchun harakat qilishga da`vat e`tamiz.

    Biz ushbu risolani taqdim e`tar e`kanmiz, "qoida" so`zining istilohiy iste`molida butunlay to`g`ri fikr yuritdik deb aytmaymiz. Balki, uning ba`zisi qoida, ba`zisi e`sa asosdir. Nima bo`lsa ham, "qoida" so`zining iste`molini da`vatchilar uchun o`rtoq fikrni vujudga keltirish yo`lida umumiy va asos o`laroq keltirdik.

    Biz Alloh ta`olodan bundan ko`ra yaxshiroq va kengroq tushuntirish berishi uchun boshqa risolalarni yozishga muvaffaq qilishini so`raymiz. Barcha olamlar robbisi bo`lgan Alloh ta`ologa hamdu sanolar bo`lsin.

Da`vatchining qoidalari

1 - qoida. Alloh ta`oloning yo`liga da`vat e`tish dunyo va oxiratdagi najot yo`llaridan biridir. Payg'ambarimiz aytganlaridek: Allo siz sababli bir kishini hidoyat qilsa, u sizga (qimmatbaho) qizil yungli tuyalaringiz bo`lishidan ko`ra yaxshiroqdir. Da`vat qilish bilan, ijobat qilinishini kutilmay, savoblar yoziladi. Islomning haqiqiy g`alabasini ro`yobga cjiqarish da`vatchidan talab qilinmagan. U Allohning ishidir. Islomning g`alabasi Alloh hohlagan paytda sodir bo`ladi. Biroq, da`vatchidan Islom yo`lida o`z kuchini sarf e`tishi talab qilingan. Da`vatchining tayyorgarlik ko`rishi shart bo`lsa, Alloh g`alaba berishni o`z zimmasiga oladi. Da`vat jihodning bir ko`rinishi bo`lib, jihod bilan maqsad va natijada birlashadi.

2 - qoida. Ummat salafining "Ahlussunna val-jamoa" yonalishida shakllangan dasturini, bu dasturning mu`tadilligi, me`yordan oshish va tushishdan uzoq bo`lishini hamda umumiyligi (shumuliyligi) ni o`rnatish va mustahkamlash.

3 - qoida. Allohning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini o`z ichiga olgan shar`iy ilm, Allohning fazli bilan, toyilishdan saqlaydi. U - payg`ambarlar yo`lida yurgan kishilar uchun mayoqdir.

4 - qoida. Da`vatning sog`lom dasturi - Allohning Kitobi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari, bu Ummatning salafi, ularga qiyomat kuniga qadar yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarning so`zlari va amallaridir.

5 - qoida. Imom Molik rahimahullohning: "Bu ummatning oxiri avvali isloh bo`lgan narsa bilan isloh bo`ladi, U kunda din bo`lmagan narsa, bugun din bo`la olmaydi" deb aytgan so`zlariga binoan, odamlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, uning sahobalari va ularga yaxshilik bilan e`rgashgan salaf solih yashagan hayotga qaytarish.

6 - qoida. Alloh yo`liga da`vat e`tish uchun birlashgan jamoani "musulmonlar jamoasi" e`mas, balki, "musulmonlardan bo`lgan bir jamoa" deb tushunish to`g`ri tushunishdir.

7 - qoida. Do`stlik - fikr va shaxslar uchun e`mas, haqiqat uchundir. Chunki, haqiqat boqiy, shaxslar e`sa foniydir.

8 - qoida. Tavhid kalimasi yaxlitlik asosi va musulmonlarni birlashtirish o`rniga parchalagan bugungi kundagi guruhbozlikning salbiy ko`rinishlaridan uzoq bo`lish shiori ostida harakat qiladigan dastur bilan musulmonlar jamoatini tuzish hamda ularni haqiqat uzra va haqiqat yo`lida birlashtirish uchun haris bo`lish.

9 - qoida Hamkorlik va hamkorlikka olib boradigan yo`llarga da`vat qilish hamda ixtilof va ixtilofga olib boradigan yo`llardan uzoq bo`lish. Bir-birimizga kelishgan narsalarimizda yordamchi, ixtilof qilgan narsalarimizda e`sa nafratlanmay, nasihatgo`y  bo`lishimiz.

10 - qoida. Musulmonlar ommasi, xususan, da`vatchilar o`rtasida fikriy yaxlitlikni vujudga keltirish.

11 - qoida. Shaxsning o`z-o`zini tanqid, doimiy nazorat va isloh qilish xislatini mustahkamlash.

12 - qoida. Shaxsning mansub bo`lgan jamoatiga taassub qilmasligi va modomiki, shariatga muvofiq va me`yordan oshish va kamayishdan uzoq e`kan, boshqalarning taqdim e`tayiotgan har qanday harakatini olqishlashi.

13 - qoida. Shariatning juz`iy masalalaridagi ixtiloflar xusumat va  janjalni e`mas, nasihat va bahsni taqozo e`tadi.

14 - qoida. Islomiy jamoatlar o`rtasidagi asos: Birga harakat qilish va birlikdir. Agar buning imkoni bo`lmasa, hamkorlikdir. Buning ham imkoni bo`lmasa, birga yashashdir. Agar buning ham imkoni bo`lmasa halokatdir.

15 - qoida. Ixtilof odobini o`rganish, bahs asoslarini o`rnatish va ularning har ikkisining ahamiyati va bu "Da`vatchining birinchi quroli" ekanligiga iqror bo`lish .

16 - qoida. Umumiy hukm berisgdan uzoq bo`lish, uning ofatlaridan saqlanish, shaxslarni oqlik va qoralik o`lchovlari bilan o`lchamaslik. Chunki, har ishni mohiyatiga qarab o`lchash insofdandir.

17 - qoida. Maqsad va vositalar o`rtasini ayirish-farqlay bilish. Masalan: da`vat maqsad bo`lsa, harakat, jamoat, markaz va shu kabi narsalar vositadir.

18 - qoida. Maqsadlardagi sabot va shariat doirasida vositalarga chiniqish va yangilanish.

19 - qoida. Birlamchi muammolarni rioya qilish hamda juz`iy masalalarda ishlarni ahamiyatiga qarab tartiblash. Ishlar o`z zamoni va makonida kelsin.

20 - qoida. Bosqichma-bosqich harakat qilish. Ya`ni maqsadlarni darajalariga qarab taqsimlash hamda ikkinchisi birinchisini, uchunchisi ikkinchisini davom e`ttiradigan holatda tartiblash.

21 - qoida. Bahs va janjallardan uzoq bo`lish, jiddiy ishlarni afzal ko`rish, fidoiylik va xayriya ishlarida davom e`tish. Behuda narsalarga e`tibor bermaslik.

22 - qoida. Biz hukm chiqaradigan qozi e`mas, da`vatchimiz. Agar Alloh uchun da`vat qilsak, savob olamiz. Boshqalar ustidan hukm chiqarsak, Allohning huzurida ustimizdan hukm chiqariladi va qilgan hukmimizdan mas`ul bo`lamiz.

23 - qoida. Amaliy foydasi bo`lmagan har qanday ish-harakat - vaqt va molning zoe`ligidir.

24 - qoida. Imkoni boricha ishni ijobiylik va xushxabarlarga markazlashtirish va salbiylik hamda nafratlantirishdan uzoq bo`lish.

25 - qoida. Da`vatchilar o`rtasida tajriba almashish o`ta muhimdir. Chunki, bu dunyoda nasihat va yo`llanishdan yuqori yoki barcha ishlari to`g`ri bo`lgan kimsa yo`qdir.

26 - qoida. Sunnatni tatbiq qilish va e`tiqodining sofligi bilan mashhur bo`lgan Ummat ulamolarini hurmat qilish, ulardan ilmlarni olish, ularga nisbatan bo`yindarozlik qilmaslik, ularning sharaflarini himoya qilish, niyatlari haqida shubhalar qo`zg`amaslik, ularga tuhmat qilmaslik va tuhmatning yomon oqibatlaridan e`htiyot bo`lish hamda ular uchun taassub qilmaslik. Chunki, har bir olim to`g`ri so`z ham aytishi mumkin, xato so`z ham. Xatolari kishilarga, modomiki, ijtihod qilgan e`kanlar, sharaflarini saqlash bilan qaytariladi.

27 - qoida. Musulmonlar haqida yomon gumonda bo`lmaslik. Ularning ayblarini yashirib, so`zlarini o`z o`rniga etkazish. Ayblarini o`zlariga etkazishdan g`aflatda qolmaslik.

28 - qoida. Bayon qilish vojib, ixtilof qilish haromdir. Ya`ni haqiqatni bayon, botilni inkor e`tamiz. Biroq, buni do`stlik va dushmanlik uchun asos qilib olmaymiz.

29 - qoida. Agar bir kishining yaxshiliklari ko`p bo`lsa, yomonliklarini manfaat bo`lsagina tilga olish. Agar bir kishining yomonliklari ko`p bo`lsa, omma xalq chalg`ib qolmasligi uchun uning yaxshiliklarini tilga olmaslik.

30 - qoida. Avval yashab o`tgan kishilarning tajribalaridan foydalanish. Da`vatchi o`z da`vatini yo`qdan boshlamaydi. Zero, u, Allohning diniga xizmat qilish uchun harakat qilgan birinchi yoki oxirgi odam e`mas.

31 - qoida. Islom diniga xizmat qilishni hohlagan har bir kishining qilgan ijobiy ishlaridan, garchi ozi bo`lsada, foydalanishi.

32 - qoida. Tanqidlardan to`g`ri xulosa chiqarish, odamlarning shubhalanishlariga olib boradigan ishlardan, da`vatning to`xtamasligi sharti bilan, uzoq bo`lish.

33 - qoida. Boshboshdoqsiz mustaqillik va sustlik bo`lmagan kengayish.

34 - qoida. Fiqhiy mazhablarga nisbatan toq`ri mumosabatda bo`lish: ular uchun taassub qilmaslik, to'laligicha rad e`tmaslik va ulardagi Allohning Kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga mos bo`lgan barcha narsalarni olish.

35 - qoida. G`arb va uning madaniyatiga nisbatan to`g`ri mavqe`ni olish hamda uning tajribiy fanlaridan dinimizning qoida va asoslariga muvofiq foydalanish.

36 - qoida. Shar`iy lafzlarni o`z ma`nolari bilan iste`mol qilish va kelgindi hamda buzuq lafzlarni iste`mol qilmaslik. Masalan: "demokratiya" o`rniga "shuro" so`zini iste`mol qilish.

37 - qoida. Go`zal namuna. Da`vatchi o`z da`vatining ko`zgusi va jonlantirgan namunasidir.

38 - qoida. Shuro, shuroning ahmiyatiga iqror bo`lish hamda da`vatchining maslahatlashish ilmini o`rganishi.

39 - qoida. Hikmat va chiroyli namuna yo`llaridan yurish hamda Alloh ta`oloning: "Hikmat berilgan kishiga ko`p yaxshilik berilibdi" - deb aytgan so`zini da`vat uchun mezon va da`vatda yurish uchun hikmat qilib olish.

40 - qoida. Musulmon haqiqatni izlovchidir. Haqiqat yo`lida shijoatli bo`lish dunyo va oxiratdagi g`alaba yo`lidir. Agar haqiqatni aytishdan qo`rqsangiz, botil so`zlarni so`zlamang.

41 - qoida. Da`vatda qattiqlik qilishdan uzoq bo`lish va shariat doirasida engillashtirish bilan harakat qilish.

41 - qoida. Mish-mishlar va ularni rivojlantirishdan hamda uning ortidan keladigan yomon oqibatlardan e`htiyot bo`lish.

43 - qoida. Afzallik miqyosi taqvo va solih amal bo`lib, o`lkachilik, qarindoshlik, toifachilik,  jamoatchilik va boshqa taassublarning barchasidan uzoq bo`lish.

44 - qoida. Da`vatdagi e`ng afzal dastur - Islom dushmanlariga avvalo Islom haqiqatlari va dasturlarini muqaddam qo`yib, shubhalarni keltirmaslik va shubhalarga raddiya bermaslikdir.      Musulmonlar ommasi uchun e`sa, avvalo sunnatni va sog`lom Islomni taqdim qilish, ularga haqiqat mezonini berish, aqllariga yarasha xitob qilish, ularni din asoslariga chaqirish va ixtilofli o`rinlardan uzoq qilish, ularning hidoyatlariga sabab bo`lish uchun psixologiyasi va istaklarini o`rganish.

45 - qoida. Da`vatchilar va islomiy harakatlarni Alloh ta`ologa davomiy suratda bog`lanish bilan himoya qilish. Inson kuchini  sarf e`tibgina Alloh ta`olodan yordam so`rash hamda Alloh ta`oloning da`vatni boshqarishi, da`vatchilarni tanlab, ularni to`g`ri yo`lga yo`llashiga  din va ishlarning hammasi Alloh subhonahu va ta`oloning qo`lida e`kaniga qat`iy ishonish.

So`ng ...

      Bu qoidalar Alloh yo`liga da`vat e`tgan ko`plab da`vatchilarning tajribalari va samaralaridan olindi. Shuni yaxshi bilaylikki, da`vatchilar bu qoidalarni o`rganib, unga amal qilsalar, inshaalloh, allohning yordami juda ham yaqin bo`ladi. Da`vatchilar unutmasinlarki, salohiyat va najot Alloh subhonahu va ta`ologa bog`lanish, unga barcha ishda tavakkul va niyatni xolis qilish, nafs-havoning hohishlaridan uzoq bo`lish, barcha ishni Alloh uchun qilishdadir... Biz shundagina xavfsiz erga etib boramiz.       Alloh ta`olodan bizlarni to`g`ri yo`lga yo`llashi va bizga shafqat qilishini so`raymiz. Alloh o`z ishida g`olib bo`lgan zotdir.       Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar yo`llasin.

Go to the Top